KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR ?
Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:
akademik litseylarga abituriyentlarni o’qishga qabul qilish uchun ro’yxatdan o’tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1 iyundan 30 iyunga qadar bepul amalga oshiriladi;
abituriyent o‘zi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30 iyundan so‘ng o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.
Shuningdek:
imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) o‘tkaziladi;
imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;
dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda to‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.
AKADEMIK LITSEY QUYIDAGI FANLARGA IXTISOSLASHGAN :
MATEMATIKA
FIZIKA
INGLIZ TILI
Akademik litsey ta'lim yo'nalishlari:
Aniq fanlar (TEXNIKA) yo'nalishi
Aniq fanlar (IQTISOD) yo'nalishi
2 yil
I va II bosqichlardan iborat.
Akademik litseyda viloyatdan qatnovchi o'quvchilar uchun YOTOQXONA mavduj. Ular 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanadi.
Shuningdek akademik litseyda :
Webinar
Kompyuter xonalari
Laboratoriyalar
Kutubxona
Oshxona
Musiqa va Shaxmat to'garagi mavjud.
Akademik litsey manzili: Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko'chasi 2 b