Akademik litseyimizda ta'lim quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olib boriladi
Matematika va fizika fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.
02 IqtisodMatematika va xorijiy til fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim.
Matematika hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Yo'nalish sahifasiToshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi kafedralari

Matematika kafedrasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek Matematika kafedrasida Akademik oliy toifali va oliy ma'lumotli o'qituvchilar ta'lim berib kelishmoqda.

Ijtimoiy gumanitar hamda chet tillari kafedralarida bir qator mutahassis oliy ma'lumotli xalqaro til sertifikatlarga ega pedagog hodimlari faoliyat olib bormoqda.

Fizika kafedrasida yoshlarni ta'lim standartlari bo'yicha o'qitish metodikalari va labaratoriyalarda amaliyotlarni fizik hodisalarni o'tkazish ularga chuqur bilib berish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Informatika kafedrasi o'quvchi yoshlarni IT texnologiyalar va kompyuter savodxonligi bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Kafedra pedagog hodimlari yangi bilimlarni yosh avlodga berib kelmoqda.
Biz bilan talabalik sari.....
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) akademik litseyi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2004-yil 17-maydagi 115-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
Akademik litseyda ta’lim aniq fanlar yo’nalishda olib boradi. Akademik litsey iqtidorli yoshlarni saralab aniqlash va ularni texnik yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlashga yo’naltirilgan. So’nggi yillarda akademik litsey bitiruvchilarining respublika hamda chet el davlatlarining nufuzli oliygohlariga o’qishga kirish ko’rsatkichi 92.2 % ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda akademik litseyda jami 435 nafar o‘quvchi tahsil oladi, ularga 36 nafar asosiy shtatdagi hamda 10 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Jumladan, ularning 5 nafari fan nomzodi, 4 nafari falsafa doktori, 24 nafari bosh o‘qituvchi, 4 nafari yetakchi o‘qituvchi, 8 nafari katta o‘qituvchi, 10 nafari mutaxassis toifasidagi o‘qituvchilar hisoblanadi. Akademik litseyning ilmiy salohiyati 19,5% ni tashkil etadi.
Akademik litsey eng zamonaviy jihozlarga ega bo’lgan fizika kimyo, biologiya laborotoriyalariga ega bo’lib frontal laborotoriya ishlarini olib borish imkoniyatiga ega 8 ta multimedia tizimi bilan jihozlangan auditoriya, 4 ta kompyuter sinflari barcha fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’tish imkonini beradi.
2022-2023 o‘quv yilida o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 21 nafar o‘qituvchi mintaqaviy markazlarda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida o‘qitildi. Akademik litsey o‘qituvchilarining 6 nafari, xususan 2 nafari C1 milliy sertifikati, 2 nafari TESOL va 1 nafari rus tili fani bo‘yicha S1 xalqaro sertifikatlariga ega. 7 nafar o‘qituvchi, jumladan 5 nafar matematika fani o‘qituvchisi hamda 2 nafar fizika fani o‘qituvchisi milliy sertifikatlarga ega.



Mart 06, 2024Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Mart 21, 2024Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko‘rinadiki, u O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng tarqalgan. Shu ma'noda Navro‘zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish mumkin.
May 09, 2024Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!
Ajdodlarimizning yuksak jasorati avlodlar uchun har doim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!

"INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" KAFEDRASI "YUQORI TEXNOLOGIYA 2024" TANLOVINI E'LON QILADI.
TANLOV YO'NALISHLARI :

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali yosh olimlari Sirojiddin Turayev hamda Pokiza Jalolovaning “Fizika” fanidan darslik va “Atom fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Mazkur darslik va o‘quv qo‘llanmasi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali yosh olimlari Sirojiddin Turayev hamda Pokiza Jalolovaning “Fizika” fanidan darslik va “Atom fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Mazkur darslik va o‘quv qo‘llanmasi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Litseyimiz hayotidagi so'nggi voqealar, e'lonlar va tadbirlar
2026 yil 16-21 mart kunlari akademik litsey o'quvchilari o'rtasida amaldagi ta'lim dasturlarini takomillashtirish bo'yicha S O' R O V N O M A o'tkaziladi.
Hurmatli akademik litsey o‘quvchilari!
2025-yil 7-may kuni akademik litseyda o‘quvchilar o‘rtasida «Fanlarning o‘qitilish sifati» mavzusida anonim test-so‘rovnoma o‘tkaziladi.
So‘rovnomadan asosiy maqsad — fanlarning o‘qitilish jarayoni, darslarning tashkil etilishi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari aniqlanmaydi.
Har bir o‘quvchidan savollarga xolis, samimiy va haqqoniy javob berish so‘raladi. Sizning fikringiz ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega!
Sizning fikringiz — sifatli ta’lim sari muhim qadam! 📖
Avvalambor, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan jamoa nomidan samimiy muborakbod etaman!
Go‘zallik va yangilanish bayrami bo‘lgan Navro‘z — tabiat qo‘ynida o‘zgarishlar boshlangan, dov-daraxtlar, maysalar, novdalar uyg‘onib, kurtaklar nish ura boshlagan, tun bilan kun teng kelgan payt, yangi kun hisoblanadi. Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida eʼtirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydigan bayramdir.
IIB hodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbatda " Vatanimiz uchun tahdidlarga qarshi ma'naviyat bilan kurashish " mavzusida so'z bordi. Tinchlikni qadrlash uni himoya qilish haqida videolavhalar taqdim etildi.
Biz bilan hamkorlik qilayotgan oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlar











Savollaringiz bo'lsa, quyidagi manzillar orqali biz bilan bog'laning
| Dushanba – Shanba | 08:00 – 17:00 |
| Yakshanba | Dam olish kuni |
Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:
Shuningdek:
Akademik litsey quyidagi fanlarga ixtisoslashgan:
Akademik litsey ta'lim yo'nalishlari:
2 yil. I va II bosqichlardan iborat.
Akademik litseyda viloyatdan qatnovchi o'quvchilar uchun YOTOQXONA mavjud. Ular 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanadi.
Shuningdek akademik litseyda:
Akademik litsey manzili: Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko'chasi 2 b
HTML Builder