BIZ BILAN TALABALIK SARI!!! AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARI SAFIDA BO'L VA ALBATTA TALABALIK SARI...BIZ BILAN TALABALIK SARI!!! AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARI SAFIDA BO'L VA ALBATTA TALABALIK SARI...BIZ BILAN TALABALIK SARI!!! AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARI SAFIDA BO'L VA ALBATTA TALABALIK SARI...BIZ BILAN TALABALIK SARI!!! AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARI SAFIDA BO'L VA ALBATTA TALABALIK SARI...
Akademik litsey

YO'NALISHLAR

Akademik litseyimizda ta'lim quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olib boriladi

Kafedralar

KAFEDRALAR

Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi kafedralari

Matematika kafedrasi

Matematika kafedrasi

Matematika kafedrasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek Matematika kafedrasida Akademik oliy toifali va oliy ma'lumotli o'qituvchilar ta'lim berib kelishmoqda.

Ijtimoiy gumanitar va chet tillari kafedrasi

Ijtimoiy gumanitar va chet tillari kafedrasi

Ijtimoiy gumanitar hamda chet tillari kafedralarida bir qator mutahassis oliy ma'lumotli xalqaro til sertifikatlarga ega pedagog hodimlari faoliyat olib bormoqda.

Fizika kafedrasi

Fizika kafedrasi

Fizika kafedrasida yoshlarni ta'lim standartlari bo'yicha o'qitish metodikalari va labaratoriyalarda amaliyotlarni fizik hodisalarni o'tkazish ularga chuqur bilib berish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Informatika kafedrasi

Informatika kafedrasi

Informatika kafedrasi o'quvchi yoshlarni IT texnologiyalar va kompyuter savodxonligi bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Kafedra pedagog hodimlari yangi bilimlarni yosh avlodga berib kelmoqda.

Video

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI

Biz bilan talabalik sari.....

TDTU akademik litseyi binosi
Biz haqimizda

AKADEMIK LITSEY HAQIDA

2004Tashkil etilgan
435O'quvchi
46O'qituvchi
92.2%OTMga kirish

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) akademik litseyi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2004-yil 17-maydagi 115-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.

Akademik litseyda ta’lim aniq fanlar yo’nalishda olib boradi. Akademik litsey iqtidorli yoshlarni saralab aniqlash va ularni texnik yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlashga yo’naltirilgan. So’nggi yillarda akademik litsey bitiruvchilarining respublika hamda chet el davlatlarining nufuzli oliygohlariga o’qishga kirish ko’rsatkichi 92.2 % ni tashkil etadi.

Hozirgi kunda akademik litseyda jami 435 nafar o‘quvchi tahsil oladi, ularga 36 nafar asosiy shtatdagi hamda 10 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Jumladan, ularning 5 nafari fan nomzodi, 4 nafari falsafa doktori, 24 nafari bosh o‘qituvchi, 4 nafari yetakchi o‘qituvchi, 8 nafari katta o‘qituvchi, 10 nafari mutaxassis toifasidagi o‘qituvchilar hisoblanadi. Akademik litseyning ilmiy salohiyati 19,5% ni tashkil etadi.

Akademik litsey eng zamonaviy jihozlarga ega bo’lgan fizika kimyo, biologiya laborotoriyalariga ega bo’lib frontal laborotoriya ishlarini olib borish imkoniyatiga ega 8 ta multimedia tizimi bilan jihozlangan auditoriya, 4 ta kompyuter sinflari barcha fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’tish imkonini beradi.

2022-2023 o‘quv yilida o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 21 nafar o‘qituvchi mintaqaviy markazlarda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida o‘qitildi. Akademik litsey o‘qituvchilarining 6 nafari, xususan 2 nafari C1 milliy sertifikati, 2 nafari TESOL va 1 nafari rus tili fani bo‘yicha S1 xalqaro sertifikatlariga ega. 7 nafar o‘qituvchi, jumladan 5 nafar matematika fani o‘qituvchisi hamda 2 nafar fizika fani o‘qituvchisi milliy sertifikatlarga ega.

Rahbariyat

MA'MURIYAT

Bahodirov Botir

Bahodirov Botir

Yoshlar masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari
Yakubova Muhojira

Yakubova Muhojira

Direktor
Diyorov Sanjar

Diyorov Sanjar

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
Bayram tadbirlari

TADBIRLAR

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniMart 06, 2024

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Assalom Navro'zMart 21, 2024

Assalom Navro'z

Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko‘rinadiki, u O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng tarqalgan. Shu ma'noda Navro‘zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish mumkin.

9 May – Xotira va qadrlash kuni!May 09, 2024

9 May – Xotira va qadrlash kuni!

Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!

Ajdodlarimizning yuksak jasorati avlodlar uchun har doim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.

Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!

Tanlovlar

TANLOVLAR

ADVANCED TECHNOLOGIES 2024
Tanlov

ADVANCED TECHNOLOGIES 2024

"INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" KAFEDRASI "YUQORI TEXNOLOGIYA 2024" TANLOVINI E'LON QILADI.

TANLOV YO'NALISHLARI :

MATEMATIKA
Matematika

MATEMATIKA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali yosh olimlari Sirojiddin Turayev hamda Pokiza Jalolovaning “Fizika” fanidan darslik va “Atom fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

Mazkur darslik va o‘quv qo‘llanmasi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

FIZIKA
Fizika

FIZIKA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali yosh olimlari Sirojiddin Turayev hamda Pokiza Jalolovaning “Fizika” fanidan darslik va “Atom fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

Mazkur darslik va o‘quv qo‘llanmasi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Akademik litsey yangiliklari

YANGILIKLAR / E'LONLAR

Litseyimiz hayotidagi so'nggi voqealar, e'lonlar va tadbirlar

14Mart2026
Diqqat!

Ta'lim dasturlarini takomillashtirish bo'yicha so'rovnoma

2026 yil 16-21 mart kunlari akademik litsey o'quvchilari o'rtasida amaldagi ta'lim dasturlarini takomillashtirish bo'yicha S O' R O V N O M A o'tkaziladi.

25Avgust2025
Yangilik

II kurs o‘quvchilari diqqatiga

Aniq fan – 1 (matematika/fizika) va Aniq fan – 2 (matematika/xorijiy til) yo‘nalishlarida kasbiy fanlar bo‘yicha C++ dasturlash tili o‘rgatiladi. Kurs yakunida bitiruvchilarga “texnik dasturchi” kasbi bo‘yicha SERTIFIKAT beriladi.

C++ dasturlash kursi sertifikati Rasm
3May2026
📢 E'lon

📚 «Fanlarning o‘qitilish sifati» anonim so‘rovnomasi

Hurmatli akademik litsey o‘quvchilari!

2025-yil 7-may kuni akademik litseyda o‘quvchilar o‘rtasida «Fanlarning o‘qitilish sifati» mavzusida anonim test-so‘rovnoma o‘tkaziladi.

So‘rovnomadan asosiy maqsad — fanlarning o‘qitilish jarayoni, darslarning tashkil etilishi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. O‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari aniqlanmaydi.

Har bir o‘quvchidan savollarga xolis, samimiy va haqqoniy javob berish so‘raladi. Sizning fikringiz ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega!

  • O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 7-may
  • Ishtirokchilar: akademik litsey o‘quvchilari
  • So‘rovnoma turi: anonim test-so‘rovnoma

Sizning fikringiz — sifatli ta’lim sari muhim qadam! 📖

8Mart2024
Bayram

Hurmatli majmuamiz xotin-qizlari! Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!

Avvalambor, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan jamoa nomidan samimiy muborakbod etaman!

21Mart2024
Bayram

Navro‘z – tabiatning uyg‘onish va yangilanish bayramidir

Go‘zallik va yangilanish bayrami bo‘lgan Navro‘z — tabiat qo‘ynida o‘zgarishlar boshlangan, dov-daraxtlar, maysalar, novdalar uyg‘onib, kurtaklar nish ura boshlagan, tun bilan kun teng kelgan payt, yangi kun hisoblanadi. Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida eʼtirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydigan bayramdir.

4Aprel2024
Tadbir

IIB hodimlari bilan uchrashuv

IIB hodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbatda " Vatanimiz uchun tahdidlarga qarshi ma'naviyat bilan kurashish " mavzusida so'z bordi. Tinchlikni qadrlash uni himoya qilish haqida videolavhalar taqdim etildi.

Hamkorlik

HAMKOR TASHKILOTLAR

Biz bilan hamkorlik qilayotgan oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlar

Aloqa

BIZ BILAN BOG'LANING

Savollaringiz bo'lsa, quyidagi manzillar orqali biz bilan bog'laning

Telefon
Telegram
Elektron pochta
Manzil
Toshkent sh., Universitet ko'chasi 2
Ish vaqti
Dushanba – Shanba08:00 – 17:00
YakshanbaDam olish kuni
Havolalar

FOYDALI HAVOLALAR

Fikringiz muhim

Taklif va mulohazalaringizni yuboring

TDTU akademik litseyi
Savol-javob

KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR

TDTU akademik litseyiga hujjat qanday topshiriladi?

Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

  • akademik litseylarga abituriyentlarni o’qishga qabul qilish uchun ro’yxatdan o’tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1 iyundan 30 iyunga qadar bepul amalga oshiriladi;
  • abituriyent o‘zi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30 iyundan so‘ng o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

  • imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) o‘tkaziladi;
  • imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;
  • dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
  • abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda to‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.
Akademik litsey qaysi fanlarga ixtisoslashgan?

Akademik litsey quyidagi fanlarga ixtisoslashgan:

  • Matematika
  • Fizika
  • Ingliz tili
Akademik litseyda qanday yo'nalishlar mavjud?

Akademik litsey ta'lim yo'nalishlari:

Akademik litsey ta'lim muddati?

2 yil. I va II bosqichlardan iborat.

Akademik litseyda qanday sharoitlar mavjud?

Akademik litseyda viloyatdan qatnovchi o'quvchilar uchun YOTOQXONA mavjud. Ular 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanadi.

Shuningdek akademik litseyda:

  • Webinar
  • Kompyuter xonalari
  • Laboratoriyalar
  • Kutubxona
  • Oshxona
  • Musiqa va Shaxmat to'garagi mavjud.
Akademik litsey qayerda joylashgan?

Akademik litsey manzili: Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko'chasi 2 b

‌

HTML Builder